Noutbuk maketi OquvTizim boshqaruv paneli ekran surati Telefon maketi O'quvchi mobil ilovasi ekran surati

O'quvTizim

ERP, LMS, SMS

O'quv markazingizni boshqarish uchun
yagona tizim

oquvtizim.uz · Veb panel · Mobil ilova · Telegram bot

Muammo

Markaz o'sadi — boshqaruv orqada qoladi

Excel va daftar

To'lovlar bir faylda, davomat daftarda, qarzdorlar esa kalkulyatorda. Har oy oxirida hamma narsa qo'lda solishtiriladi.

Yo'qolgan pul

Kim to'lagan, kim to'lamagan — aniq emas. Chegirma og'zaki kelishiladi, o'qituvchi foizi qo'lda hisoblanadi.

Ota-ona bexabar

Farzandi darsga kelmagani, bahosi va qarzi haqida qo'ng'iroq qilinmasa bilmaydi.

Filial ko'paysa

Har filial o'zicha ishlaydi. Egasi umumiy manzarani faqat oy oxirida, taxminan ko'radi.

O'quvTizim · 02

Yechim

Bitta tizim — markazning butun ish oqimi

Lid → O'quvchi

Reklamadan kelgan murojaat voronkadan o'tadi, sinov darsiga yoziladi va bir tugma bilan o'quvchiga aylanadi.

Kundalik ish

Jadval, davomat, uy vazifasi, imtihon va onlayn test — o'qituvchi telefonidan belgilaydi.

Pul

Oylik hisoblanadi, to'lov taqsimlanadi, qarzdor ro'yxati o'zi chiqadi. Maosh va foiz avtomatik.

Har bir harakat bir marta kiritiladi va hamma joyda ko'rinadi: davomat belgilandi — ota-ona xabar oldi, hisobotga tushdi, o'quvchi balliga ta'sir qildi.

O'quvTizim · 03

Qamrov

12 modul — markazga kerak bo'lgan hamma narsa

Lidlar va marketing

Voronka, kampaniya, UTM

O'quvchilar

Qabul, profil, ko'chirish

Guruh va jadval

Kurs, xona, dars vaqti

Davomat

Varaq, qulf, QR

To'lovlar

Oylik hisob, chegirma, kvitansiya

Moliya

Daromad, xarajat, kassa

Xodimlar

Rol, davomat, ta'til

Maosh

Fiksa, foiz, bonus, jarima

Ta'lim kontenti

Modul, darslik, uy vazifasi

Imtihon va test

Onlayn test, baho, o'zlashtirish

Kutubxona

Kitob, ijara, jarima

Hisobotlar

38 ta tayyor hisobot

Keraksiz modul o'chiriladi — menyudan ham, ruxsatlardan ham yo'qoladi.

O'quvTizim · 04

Pul

To'lov qo'lda emas — hisoblab beriladi

Oylik hisobHar o'quvchiga har oy avtomatik hisoblanadi — kech qabul qilingan bo'lsa, o'sha oydan
To'lov taqsimotiTushgan pul eng eski qarzdan boshlab yopiladi, ortig'i avans bo'lib qoladi
ChegirmaBir oyga yoki doimiy — hisob o'zi qayta hisoblanadi, o'tgan oylar tegilmaydi
QarzdorlarRo'yxat o'zi shakllanadi, Telegram orqali eslatma yuboriladi
KvitansiyaHar to'lovga raqamli kvitansiya, kassa va moliya bilan bog'langan

Natija: oy oxirida «kim qancha to'lagan» degan savol yo'qoladi. Egasi istalgan kunda aniq raqamni ko'radi.

O'quvTizim · 05

O'quv jarayoni

Dars qanday o'tgani — raqamlarda

Jadval

Guruh vaqti, xonasi va o'qituvchisi — to'qnashuv tekshiriladi

Davomat

Varaq, kechikish, QR va qurilma orqali belgilash; kech tuzatish qulflanadi

Uy vazifasi

Guruhga beriladi, topshiriladi, baholanadi — hammasi tizim ichida

Onlayn test

Shaxsiy havola, taymer, urinishlar soni, avtomatik baholash

Bularning hammasi o'quvchining o'zlashtirish balliga qo'shiladi — kuchli va orqada qolayotgan o'quvchi o'zi ko'rinadi.

O'quvTizim · 06

Marketing

Reklama puli qayerga ketgani ko'rinadi

Yangi

Murojaat tushdi

Aloqada

Qo'ng'iroq qilindi

Sinov darsi

Kelishi belgilandi

O'quvchi

Qabul qilindi

Har murojaat qayd etiladi

Telefon raqami takrorlansa tizim ogohlantiradi. Hech bir mijoz unutilmaydi.

Manba aniq

Instagram, Telegram, tanish — UTM belgilari bilan qaysi reklamadan kelgani yoziladi.

Bitta o'quvchi narxi

Kampaniya sarfi bo'yicha lid narxi va qaytimi hisoblanadi.

O'quvTizim · 07

Aloqa

Markazning o'z Telegram boti

Ota-ona

Farzandi kelmadi, bahosi qo'yildi, qarzi bor — xabar o'zi boradi

O'quvchi

Jadval, davomat, uy vazifasi, baho va to'lov — botdan so'rab oladi

O'qituvchi

O'z guruhlari, kelmaganlar, baholanmagan vazifalar; davomat belgilanmasa eslatma

Admin

Kunlik tushum, qarzdorlar, yangi lid, tizimga kirishlar — darhol xabar

26 hodisa

Har bir xabar uchun kimga va qaysi kanal orqali borishini admin o'zi sozlaydi. Bot markazning o'z nomida ishlaydi.

O'quvTizim · 08

Mobil

Har kim uchun o'z ilovasi

O'quvchi va ota-ona

Davomat kalendari, baholar, uy vazifasi, jadval, to'lov holati va markaz e'lonlari. Telefonga o'rnatiladi, do'kondan yuklab olish shart emas.

O'qituvchi

Darsga kirib davomat belgilaydi, guruhlarini va jadvalini ko'radi. Qo'lida telefon — kompyuter kutib o'tirmaydi.

student.oquvtizim.uz

teacher.oquvtizim.uz

erp.oquvtizim.uz — veb panel

O'quvTizim · 09

Nazorat

Egasi uchun — taxmin emas, raqam

38

tayyor hisobot

7

bo'lim: moliya, o'quvchi, davomat, ta'lim, xodim

Excel

va CSV ga yuklab olish

Bosh panel

Tushum, qarz, yangi o'quvchi, davomat foizi — kirgan zahoti ekranda.

Filial kesimi

Har filial alohida ham, birgalikda ham ko'rinadi. Qaysi filial foyda keltiryapti — aniq.

O'quvTizim · 10

Ishonch

Filiallar, ruxsatlar va ma'lumot xavfsizligi

Har filial o'z doirasida

Filial xodimi faqat o'z filialini ko'radi. Egasi hammasini bir ekranda.

Rol va ruxsat

Kim nimani ko'radi va o'zgartiradi — har bir sahifa uchun alohida belgilanadi.

Nazorat izi

Kim kirgani, nima o'zgartirgani yoziladi. Shubhali kirishda darhol xabar.

Sizning ma'lumotingiz

Har markazning ma'lumoti alohida ajratilgan. Xohlagan paytda Excel'ga yuklab olasiz.

Sizning brendingiz

Nomi, logotipi va Telegram boti — sizniki. O'quvchi sizning markazingizni ko'radi.

O'quvTizim · 11

Boshlash

Uch qadamda ishga tushamiz

1

Ma'lumot ko'chiriladi

Mavjud o'quvchi, guruh va qarz ro'yxatingiz Excel'dan yuklanadi

2

Sozlanadi

Filiallar, kurslar, narxlar, rollar va Telegram bot 1 kun ichida

3

Jamoa o'rgatiladi

Administrator va o'qituvchilar uchun onlayn o'quv 1 soat

Oylik to'lov

199.000 so'm / oyiga

Sinov muddati

14 kun bepul

Bog'lanish

+998949089696

O'quvTizim · 12